Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligining ayrim funksiyalari auditorlar birlashmalariga o‘tkaziladi

Moliya vazirligining ayrim funksiyalari auditorlar birlashmalariga o‘tkaziladi

«Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 15-avgustdan Moliya vazirligining quyidagi funksiyalari auditorlarning jamoat birlashmalariga o‘tkaziladi:

▪️auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish;
▪️auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish;
▪️auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.

Malaka imtihonlarini o‘tkazish reglamenti auditorlarning jamoat birlashmalari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

2022-yil 1-avgustdan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining (tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari) bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo‘yicha auditning xalqaro standartlarini chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlari ta’lim jarayoniga joriy etiladi.

Shuningdek, 2021-yil oxirigacha «Huquq» va «Soliqqa tortish» yo‘nalishlari bo‘yicha natijalari buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida qabul qilinadigan milliy malaka imtihonini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring