Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Abdimuxtor Ergashev.

Foto: Moliya vazirligi

Moliya vaziri o‘rinbosari Ergashev Abdimuxtor Ergashevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati lavozimidan ozod etildi. Hozircha uning qaysi lavozimga o‘tgani aniq emas. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ergashev 1977-yil Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Termiz davlat universitetini, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2009-yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Ergashev Moliya vazirligidan avval, 2018-yildan 2019-yilning sentyabrigacha qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring