Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moliya vaziri o‘rinbosari olamdan o‘tdi

Moliya vaziri o‘rinbosari olamdan o‘tdi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Bugun, 29-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari o‘rinbosari Tursunov Yorqin Ergashevich 55 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda uning o‘limi sababi ma’lum qilinmagan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, avvalroq Yo.Tursunovda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lgan.

Yorqin Tursunov 1965-yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1990-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi. 

Mehnat faoliyatini 1990-yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo‘yicha nazoratchi inspektori, budjet inspeksiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 

1993-2002-yillarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari – budjet inspeksiyasi boshlig‘i, keyinchalik bo‘lim mudiri bo‘lgan. 

2002-2006-yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 

2006-2012 va 2016-2018-yillarda Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i.

Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga qadar, Yorqin Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring