Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi

Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidentini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentyabr kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassanini qabul qildi.

Jahon banki guruhi bilan strategik hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu yetakchi xalqaro moliya instituti tomonidan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida vitse-prezident Antonella Bassani davlatimiz rahbariga Jahon banki prezidenti Ajay Banganing samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik bugungi yuksak darajaga yetgani va samarali tus olgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz bankning eng yirik hamkorlari qatoriga kirdi - loyihalar portfeli bir necha barobar ko‘payib, hozirgi kunda 12 milliard dollardan oshdi.

Jahon banki iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha barqarorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlarni amalga oshirishda ko‘maklashmoqda. Joriy yilning iyul oyidan Toshkent shahrida bankning mintaqaviy vakolatxonasi faoliyat boshladi.

Kambag‘allikka qarshi kurashish, davlat korxonalari va banklarini transformatsiya qilish, karbonsizlashtirish, JSTga a’zo bo‘lishni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlar hamkorlikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish va urbanizatsiya, energetika va irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish dasturlariga, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy loyihalarni ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring