Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosarlar saylandi
Bugun, 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangilangan tarkibdagi ilk majlisida Quyi palata spikeri Nuriddin Ismoilovga yangi o‘rinbosarlar saylandi.
Qayd etilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Siyosiy partiyalar vakillari kengashining tavsiyasiga asosan Qonunchilik palatasi tomonidan saylanadi.
Ushbu Qonunga ko‘ra Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari soni, qoida tariqasida, 2 nafardan oshmasligi kerakligi belgilangan.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi qarorini Siyosiy partiyalar vakillari kengashi raisi Aktam Xaitov o‘qib eshittirdi.
Unga ko‘ra, O‘zLiDePdan saylangan deputat Mavluda Xo‘jayeva Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi.
Shundan so‘ng, O‘zLiDePdan saylangan deputat Rahimjon Hakimovni Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib ko‘rsatildi va ovoz berish yo‘li orqali saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter