«Metan zapravka»lar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgan – O‘zenergoinspeksiya

Joriy yilning 9-12 fevral kunlari Respublikaning barcha hududlarida tashqi havo-haroratining keskin sovib ketishi natijasida tabiiy gazga ehtiyoj ortganligi sababli mahalliy hokimliklar tomonidan kiritilgan grafiklarga asosan AGTKShlarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik qisqartirilgan.
Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmati ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 10-fevral kuni Buxoroda magistral gaz quvurida avariya sodir bo‘lgan va energetika vazirligi o‘sha kuni avariya bartaraf etilganidan so‘ng respublikaning barcha hududlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari «avvaldan viloyat hokimliklari bilan kelishilgan tartibda, hozirgi rejimda» ishlashda davom etishini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, qariyb 10 kundan buyon respublikaning aksariyat hududlarida, jumladan Toshkent shahrida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati deyarli to‘xtab qolgan. Ma’lum soatlarda xizmat ko‘rsatayotgan ayrim shoxobchalarda esa uzundan-uzoq navbatlar paydo bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter