Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixiy fakt: Messining qo‘lidagi chaqaloq — Lamin Yamal

Tarixiy fakt: Messining qo‘lidagi chaqaloq — Lamin Yamal

Yaqinda Lamin Yamalning otasi ijtimoiy tarmoqlarda surat joyladi: hali olti oylik ham bo‘lmagan Laminni Lionel Messi cho‘miltirmoqda.

Juda ajablanarli tasodif - bu fotolar soxta emasmi? Yo‘q, soxta emas. Bu haqiqatan ham 2007 yilda sodir bo‘lgan.

2007 yil dekabr oyida Joan Montfort ushbu fotoni suratga olgan.

Bu «Barselona» va Diario Sport o‘rtasidagi xayriya loyihasi uchun olingan surat edi: u 2008 yilgi taqvimda chop etilgan, tushgan mablag‘ esa Kataloniyadagi xayriya tashkilotlari va YuNISEFga o‘tkazilgan.

Yamal tug‘ilganida Messi allaqachon Ispaniya chempioni va Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan edi.

Yamal 2007 yil 13 iyulda tug‘ilgan, dekabr oyida u besh oylik edi. Messi o‘sha paytda «Barsa»ning asosiy jamoasida to‘rtinchi mavsumini o‘tkazayotgan edi. Bu vaqtga kelib u ikki marta La Liga va bir marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongandi.

Lamin yetti yoshida «Barselona» akademiyasiga o‘qishga kirdi. Bu vaqtga kelib Messi allaqachon Ispaniyaning olti karra chempioni bo‘lgan, Chempionlar ligasida uch bor g‘olib chiqqan, bir mavsumda 73 ta gol urgan va to‘rtta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan edi.

Yamal 12 yoshga to‘lganida, Marca nashri u haqida maqola yozib, uni Messining nusxasi deb ta’riflaydi va akademiyaning eng yaxshi futbolchisi ekanini qayd etadi.

Endigina 15 yoshga to‘lgan Yamalni Xavi asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarga chaqiradi. Oradan bir yil o‘tib Yamal «Barselona»ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi, hozir esa u Ispaniya terma jamoasining yetakchisi.

Taqdirni qarangki, bu kecha Messi ham, Yamal ham terma jamoalari safida muhim gollarni urishdi va finalga yo‘l olishdi. Biri Amerika kubogida, ikkinchisi Yevropa chempionatida. Agarda finalda ham g‘alaba qozonishsa, Yamal va Messi keyingi yili «Finalissima» (ikki qit’a chempionlari bahsi) da o‘zaro duch kelishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring