Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikaning yangi prezidenti Zelenskiyning taklifini rad qildi

Meksikaning yangi prezidenti Zelenskiyning taklifini rad qildi

Klaudiya Sheynbaum.

Foto: ERR

Meksikaning saylangan prezidenti Klaudiya Sheynbaum 1-oktyabrdan vakolatiga kirishadi, u yaqinda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vladimir Zelenskiyning Ukrainaga taklifini rad etganini ma’lum qildi.

Sheynbaum ta’kidlashicha, uning uchun muhimi — Meksikani boshqarish. O‘zi muhim hisoblovchi ayrim xalqaro tadbirlarda qatnashadi, ammo imkon qadar bunday safarlar sonini qisqartirib, ko‘proq e’tiborni o‘z mamlakatidagi ishlarga qaratmoqchi. Ukrainaga ehtimoliy tashrifi haqidagi savolga javob berarkan, bunday safar maqsadga muvofiq emas, deb hisoblashini bildirdi.

O‘tgan hafta Meksikaning Excelsior nashriga intervyu bergan Zelenskiy Sheynbaumning Ukrainaga rasmiy tashrif bilan kelishiga umid qilishini, uning inauguratsiya marosimiga yuqori lavozimli vakilini jo‘natishini ma’lum qilgandi.

Sheynbaum ta’kidlashicha, Meksika tashqi siyosati konstitutsiya tamoyillariga qurilgan, jumladan, chet mamlakatlarning ishlariga aralashmaslik va nizolarni tinch yo‘llar bilan hal etishni ko‘zda tutadi.


Klaudiya Sheynbaum (1962-yil tug‘ilgan) — biomuhandislik sohasi professori, poytaxt Mexikoning sobiq meri. Konstitutsiyaga muvofiq, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ya olmagan Manuel Lopes Obrador — ustozining o‘rniga prezidentlikka kelmoqda. Meksika prezidenti bo‘lgan ilk ayol kishi sifatida tarixga kirishga yaqin turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring