Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy saylov komissiyasi G‘aniyevning gaplariga izoh berdi

Markaziy saylov komissiyasi G‘aniyevning gaplariga izoh berdi

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning shov-shuvli selektori va unda aytilgan fikrlar ortidan yuzaga kelayotgan bahs va fikrlar to‘xtagani yo‘q. Jumladan Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazi G‘aniyevning saylovlarda kim yutishi haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning «To‘rt kundan keyin saylovlar turibdi. Saylovlarda ham kim deputat bo‘ladi? Mana shu masalalarda o‘zini ko‘rsatgan odamlar deputat bo‘ladi» degan mazmundagi nutqi jamoatchilik tomonidan muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi shuni ma’lum qiladiki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning shaxsiy fikri bo‘lib, u yuridik asosga ega emas. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 3-moddasiga ko‘ra saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi.

Kodeksning 4-moddasida saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir. Shundan ko‘rinib turibdiki, 18 yoshga to‘lgan fuqarolar siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan munosib nomzodlarni saylaydilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 37-moddasiga binoan, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadir.

Ta’kidlash joiz, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar ochiq va oshkora, xalqaro normalarga asoslangan xolda o‘tkaziladi.

Unutmaylik, 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda munosib nomzodlarni Xalq saylaydi» deyiladi matbuot xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring