Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyo davlatlari bu yil urush qatnashchilariga qanchadan mukofot puli berdi?

Markaziy Osiyo davlatlari bu yil urush qatnashchilariga qanchadan mukofot puli berdi?

9-may – fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan Markaziy Osiyo davlatlarida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga bir martalik pul mukofotlari berildi.

Ushbu pul mablag‘lari miqdori Markaziy Osiyo davlatlarida O‘zbek so‘mida 1,5 mln so‘mdan tortib 86,2 mln so‘mgacha etib belgilandi.

Xo‘sh, 5 ta davlat hukumatlari bu yil urush qatnashchilariga qanchadan mukofot puli berdi?

O‘zbekiston joriy yilgi «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari (ayrim manbalarga ko‘ra, o‘tgan yili ularning soni respublikada 174 nafar bo‘lgan)ga 20 mln so‘m miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi.

Shuningdek:

  • Qozog‘istonda (yashash hududiga qarab) – 1,5 – 3 million tenge (taxminan 43,1 – 86,2 mln so‘m);
  • Qirg‘izistonda 20,4 ming som (taxminan 2,9 mln so‘m);
  • Tojikistonda 40 ming somoniy (taxminan 46,2 mln so‘m);
  • Turkmanistonda 200 manat (taxminan 1,5 mln so‘m) pul mukofoti beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring