Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Emomali Rahmon 9-may kuni Moskvaga boradi

Emomali Rahmon 9-may kuni Moskvaga boradi

Foto: ASIA-Plus

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 9-may kuni Moskvadagi g‘alaba bayramida ishtirok etadi. Bu haqda qo‘shni mamlakat prezidenti ijro apparatidagi manba xabar bergan.

RIA Novostiga ma’lum qilinishicha, Emomali Rahmon, Vladimir Putinning taklifiga ko‘ra, Moskvadagi g‘alaba bayramida hamda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida qatnashadi.

Shundan kelib chiqib, Dushanbedagi g‘alaba bayrami tadbirlari 8-may sanasiga ko‘chirilgan.

Shuningdek, Moskvadagi 9 may paradini Putinning yonida tomosha qilishga Laos prezidenti Txonglun Sisulit va Gvinei-Bisau prezidenti Umaru Sisoku Embalo kelishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring