Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ko‘mirta’minot» mansabdori nochor oilalarga atalgan ko‘mirni sotib yubordi

«Ko‘mirta’minot» mansabdori nochor oilalarga atalgan ko‘mirni sotib yubordi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Samarqand viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni sotayotgan ombor mudiri va qorovuli ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «Ko‘mirta’minot» MChJning Samarqand filiali «Maroqand» ko‘mir ombori mudiri J.P soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ehtiyojmand oilalarga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni fuqaro A.A.ga 37,5 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 13,2 tonna ko‘mirni ombor qorovuli X.J. yordamida yetkazib berib, kelishilgan pullar hisobidan 28 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring