Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Klopp Bob Peyslining rekordini takrorladi

Klopp Bob Peyslining rekordini takrorladi

Foto: «Liverpoolfc.ru»

Yakshanba, 5-yanvar kuni «Liverpul» «Everton»ni Angliya kubogi 1/32 finalida kichik hisobda mag‘lub etdi.

«Qizillar» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Liverpul» afsonaviy murabbiyi Bob Peyslining rekordini takrorladi — har ikkisining ham mersisayd derbilaridagi mag‘lubiyatsiz seriyalari soni 10 taga teng.

Bob Peysli. Foto: «Liverpoolfc.ru»

«Everton» Enfildda g‘alaba qozongan so‘nggi o‘yindan beri 24 ta o‘yin o‘tdi, shulardan 10 tasida tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan bo‘lsa, 14 tasida «qizillar» g‘alaba qozonishgan.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» Premer-ligada yutqazmayotganiga bir yildan oshdi — oxirgi mag‘lubiyat qayd etilgan sana — 2019-yil 3-yanvar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring