Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon banki Qoraqalpog‘istonga 5 mln dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratadi

Jahon banki Qoraqalpog‘istonga 5 mln dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasidagi vakillari Per Gerber, Preslava Nenova va Alban Bellingezlarni qabul qildi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida Jahon banki grant mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash joiz, shu yilning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 million AQSh dollari miqdorida grant mablag‘lari ajratilishi belgilab olinib, noyabr-dekabr oylarida ushbu mablag‘lar hisobidan qoramollarning naslini yaxshilash maqsadida embrion ishlab chiqaruvchi laboratoriya asbob-uskunalari olinib, hayvonlarni identifikatsiya qilish uchun 110 ta planshet, 18 ta kompyuter, chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish uchun 3 million 282 mingdan ziyod birkalar bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, veterinariya servis xizmatini yaxshilash maqsadida 2 ta maxsus dezinfeksiya avtomobili, 5 tonnalik – 1 ta, 1 tonnalik – 13 ta muzlatkichli kamera hamda 53 ta muzlatkich, 16 ta kompyuter va 16 ta printer bilan ta’minlash belgilanmoqda.

Uchrashuvda chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida Jahon banki tomonidan 2,8 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilganligi ta’kidlanib, shu bilan birga, 44 milliard so‘mlik kreditlar ajratilishi rejalashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring