Ilon Mask xodimlarni ishga olishda qanday savol berishi ma’lum bo‘ldi
Milliarder Ilon Mask xodimlarni ishga olishda birgina savol bilan ham bo‘lg‘usi xodim rost yoki yolg‘on gapirishini aniqlay oladi. Bu haqda tadbirkorga asoslanib Unilad yozmoqda.
Nomzodning bilimi, malakasi va fazilatlarini chetga surib, Mask boshqa narsalarni so‘raydi: «Siz o‘z faoliyatingizda duch kelgan eng qiyin muammo nima va uni qanday hal qildingiz? Hal qiluvchi pallalarda qanday qarorlar qabul qildingiz?
Nomzodlarni baholash va ishga olish-olmaslik haqida qaror chiqarish uchun shuning o‘zi yetarli. Oldingi ishida chindan ham murakkab vaziyatga tushib, qarshi chora ko‘ra olganlar o‘z muammolarini hech qachon esidan chiqarmaydi, dedi Mask.
«Shunday qilib, yolg‘onchini aniqlashingiz mumkin — ularga muammolar haqida juda chuqur savollar berasiz, boshidan o‘tkazganlar va yechim topa olganlarda javob bor, hal qiluvchi qarorlar qabul qilmaganlar esa ikkilanib qolishadi», — deya ta’kidladi Ilon Mask.
ABC telekanali xabariga ko‘ra, AQSh prezidentligi uchun kurashda respublikachilar shtabida asosiy shaxslardan biriga aylangan Ilon Mask ayni paytda yangi jamoaga nomzodlarni tanlashda ham Donald Trampga ko‘maklashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter