Ilon Mask Eron elchisi bilan yashirincha uchrashdi
Donald Tramp ma’muriyatida yangi tashkil etilgan boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘limiga yaqinda rahbar etib tayinlangan milliarder Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi Amir Said Iravoniy bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi.
New York Times xabariga ko‘ra, dushanba kuni Nyu-Yorkdagi maxfiy joyda bo‘lib o‘tgan uchrashuv bir soatdan ortiq davom etgan. Nomlari oshkor etilishini istamagan Eron hukumatidagi manbalar bu uchrashuvni «ijobiy» baholashgan.
Uchrashuvda AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish yo‘llari muhokama qilingani aytilmoqda. Hozircha voqeaga Jo Bayden ma’muriyati va Eron tomoni rasmiy munosabat bildirgani yo‘q. Trampning matbuot kotibi esa xususiy shakldagi uchrashuvlar haqidagi xabarlarga munosabat bildirmasligini aytdi.
Ilon Maskning Tramp ma’muriyatidagi faoliyati bevosita tashqi siyosat masalalari bilan bog‘liq emasligi nuqtai nazaridan ham u nega eronlik elchi bilan uchrashgani ko‘pchilikda savol tug‘dirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter