Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB Toshkentda odam otib ketilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

IIBB Toshkentda odam otib ketilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirobod tumanida bir fuqaro otib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB ushbu ma’lumotlar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 21 noyabr kuni taxminan soat 22:30 larda Mirobod tumani Nukus va Avliyoota ko‘chalari chorrahasida 1998 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvidagi Hyundai sonata rusumli avtomobilda piyodani urib yuborgan. 

Oqibatda piyoda, 1982 yilda tug‘ilgan F.K. shifoxonaga olib borilgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlarga qaramay vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring