Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bankomatni aldagan shaxslar ushlandi

Toshkentda bankomatni aldagan shaxslar ushlandi

Ular qalbaki 1 400 AQSh dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olishgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan «Ipak Yo‘li» AITB Chilonzor filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar T.T. (muqaddam sudlangan), N.O., va A.Sh. ushbu bank filialiga tegishli bankomatdan jami 28 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralarni milliy valyuta so‘mga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring