Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlarning mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi tugatildi

Hokimlarning mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimi tugatildi

Joriy yil 11-yanvardagi PF-1-son prezident farmoni bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilganligi munosabati bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, Prezidentning 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son farmoni 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilyapti. 

Unga ko‘ra:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasiga — vazir bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimi;
  • viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalariga — vazir bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hokim o‘rinbosarlari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
  • tuman (shahar) hokimliklari tuzilmalariga — vazir bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan hokim o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimlari bekor qilindi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring