General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi – TASS
Rossiyalik generalni o‘ldirilishida gumon qilinayotgan 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonov 2025-yil 17-fevralgacha hibsda saqlanadi.
TASSning ish materiallariga asoslanib xabar berishicha, Qurbonovning general Kirillov va uning haydovchisi qotilligiga aloqadorligi jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari bilan tasdiqlangan.
Moskva sudi A.Qurbonov ishini yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqqan ozodlikda jinoiy sheriklari bilan bog‘lanishi mumkinligi sabab uni hibsda saqlash haqida qaror qabul qilgan.
«Rossiya va O‘zbekiston maxsus xizmatlari general Kirillovning o‘ldirilishiga aloqador shaxslarni aniqlash choralarini ko‘rmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, O‘zbekiston maxsus xizmatlari teraktni tergov qilishda har tomonlama yordam beryapti», – deb yozmoqda TASS.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter