Fuqaroning «Amerika orzusi» 40 ming dollar evaziga ham ushalmadi
Toshkent shahar Chilonzor tumanida AQShga ishga borish ilinjida boshqa bir fuqaroga 40 ming dollar berganlik holatni aniqlandi.
Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurarshish Departamenti bergan ma’luomtga ko‘ra, Chilonzor tumanida fuqaro N.M. fuqaro B.G.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga viza olib berib, u yerda ish bilan ta’minlashi evaziga 40 ming AQSh dollarini olgan vaqtida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter