Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fin gazetasida Putin va Trampga ochiq xat paydo bo‘ldi

Fin gazetasida Putin va Trampga ochiq xat paydo bo‘ldi

Foto:«Gazeta.ru»

Ertaga 16-iyul kuni Helsinkida o‘tkaziladigan uchrashuv arafasida fin muxbirlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning AQShlik hamkasbi Trampga yozilgan ochiq xatni gazetada chop etishdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Ochiq xat «Helsingin Sanomat» gazetasida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, maqolani Vashington shahrida yashovchi jurnalist-sharhlovchisi Saska Saarikoski va AQSh gazetalaridan birida ishlovchi Laura Saarikoski yozgan. Jurnalistlar «Helsinki ruhi»ni eslata turib, ikkala davlat rahbarlari tashrifi bilan tig‘iz vaziyat yuzaga kelishi, sammit tugashi bilan do‘stlik hukmronlik qilishini eslatib o‘tishgan.

«AQSh va Rossiya munosabatlarida har doimgi degradatsiya (inqiroz): hech kim g‘olib bo‘la olmaydi. Chunki Helsinkidagi oliy darajadagi uchrashuv: barcha qiyinchilikilarga qaramasdan – muhim voqelik», – deyiladi maqolada.

Jurnalistlar Putin va Trampga omillarni e’tirof etishda aql bilan ish tutishga chaqirgan. Shuningdek, Yevropa muammolarini yevropaliklarsiz hal qilmaslikni eslatib o‘tishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring