Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Filippinda fojia yuz berdi: ko‘plab odamlar halok bo‘lishdi (video)

Filippinda fojia yuz berdi: ko‘plab odamlar halok bo‘lishdi (video)

Foto: «Uralinform.ru»

Filippinning janubi-g‘arbiy qismida harbiy samolyot qulashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vaziri Delfin Lorenzan bayonotiga asoslanib mahalliy Inquirer portali xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yana 40 kishi jarohat olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 92 kishi, jumladan, 3 nafar uchuvchi va 5 nafar ekipajning boshqa a’zolari bo‘lishgan.

C-130 samolyoti Sulu provinsiyasidagi Xolo oroliga qo‘nishga uringan paytda halokatga uchragan. Filippin qurolli kuchlari shtabi boshlig‘i general Sirilito Sobexananing aytishicha, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushmagan.

«Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlashmoqda, odamlarning tirik qolishini duo qolamiz», — dedi u.

ABS-CBN News xabariga ko‘ra, kamida 40 nafari qutqarib qolingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring