Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada «Cobalt» neft tashuvchi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Farg‘onada «Cobalt» neft tashuvchi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Joriy yilning 22-mart kuni soat 09:50larda, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar hududidan o‘tgan 4R-143 «Farg‘ona-Quvasoy» avtomobil yo‘lining 1-kilometrida, I.Karimov va Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada YTH sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1997-y.t. R.F. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli yengil avtomobil hamda haydovchi 1968 y.t. T.M. boshqaruvida bo‘lgan «MAN TGA 18480» rusumli neft tashuvchi maxsus yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Cobalt» rusumli avtomobil haydovchisi R.F. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring