Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkak voyaga yetmagan yo‘lovchini metro poyezdi tagiga itarib yubordi

Erkak voyaga yetmagan yo‘lovchini metro poyezdi tagiga itarib yubordi

Moskvada erkak boshqa bir yo‘lovchini metro poyezdi tagiga itarib yubordi.

Voqea Moskva metropolitenining Kolsevaya liniyasi bekatlaridan birida sodir bo‘ldi, deya xabar beradi Rossiya poytaxti transport boshqarmasi.

Jabrlanuvchi tirik, qoidabuzar qo‘lga olingan. 

«O‘smir tirik, uning hayoti va sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmaydi, u tibbiy muassasa shifokori tomonidan qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkaziladi», — deyiladi rasmiy xabarda.

Erkak 1961-yilda tug‘ilgan.

Unga nisbatan voyaga yetmagan shaxsga suiqasd qilish aybi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring