Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston madaniy merosining 3000 yilligini nishonlamoqda

O‘zbekiston madaniy merosining 3000 yilligini nishonlamoqda

Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining «O‘zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori» V yubiley Kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Madaniy meros haftaligi doirasida o‘tkazildi.

Shuningdek, haftalikning yana bir muhim hodisalaridan biri bu – «Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniy forumi. Forum O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan UNESKO ko‘magida tashkil etildi.

Xalqaro kongress mazkur yo‘nalishda dunyodagi eng yirik madaniy hodisa hisoblanib, vazifalari O‘zbekistonning manuskriptlari va boshqa madaniy meros artefaktlarini butun dunyodagi muzeylar, kutubxonalar va universitetlardan izlash va yig‘ishdan iborat bo‘lgan Butunjahon jamiyatining besh yillik yubileyiga bag‘ishlanadi.

Hozirgi vaqtda Butunjahon jamiyati 35 ta mamlakatdan 200 dan ortiq muzey bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Jamiyat tarkibiga qariyb 350 nafar xalqaro olim va tadqiqotchilar kiradi. Ushbu tashkilot tomonidan bugunga qadar qadimiy hujjatlarning faksimilelarini o‘z ichiga oluvchi 50 ta kitob-albom, shuningdek, 1000 dan ziyod maqola va matnlar chop etilgan.

O‘zbekistonning Eriell Group va Enter Engineering kompaniyalari jamiyatning loyihalariga asos solingan vaqtdan beri uni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan bosh hamkorlardan biri. Butunjahon jamiyati Kompaniyalar guruhining:

— dunyoning o‘nlab mamlakatlarida 50 dan ortiq tadbirni o‘tkazish;

— Sharq qo‘lyozmalarining e’lon qilinadigan yettita noyob faksimile nusxalarini chop etish;

— tadqiqot va ilmiy ishlar olib borish uchun chet elga yuzlab xizmat safarlarini qo‘llab-quvvatlash;

— tarixiy eksponatlar va qo‘lyozmalarni saqlash uchun ilg‘or ilmiy texnologiyalarni joriy etish uchun «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» turkumiga kiruvchi 50 ta noyob illyustratsiyali kitob-al’bomlarni chop etishga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etdi.

O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati Boshqaruv raisi Firdavs Abduxoliqov Kongressga alohida e’tibor qaratib quyidagilarga to‘xtaldi:

— Mazkur loyiha – jamoat, davlat va xalqaro tashkilotlar hamkorligi, shuningdek, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy mas’uliyatli biznesning yorqin namunasidir. Bugun V Xalqaro kongress o‘z ishini yakunlayotgan paytda Jamiyat a’zolari o‘z murojaatlarida O‘zbekiston Prezidenti va Hukumatiga mazkur umumdunyoviy harakatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani va boy madaniy merosni saqlash va o‘rganish masalariga qaratgan e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi. Biz shuningdek, nafaqat loyihamiz hamkori, balki bizning sherigimiz va loyihani amalga oshirishda faol ishtirok etgan Eriell Group va Enter Engineering hamda ularning Boshqaruvi Raisi Baxtiyor Fazilovga minnatdorlik izhor etamiz.

Mark Bonnel, «Avitsenna-Fransiya» xalqaro assotsiasiyasi prezidenti:

— Biz O‘zbekiston Prezidenti o‘z mamlakati madaniy merosini naqadar asrab-avaylayotgani va unga ehtiyotkorona munosabatda ekanidan hayratdamiz. Kongress va loyihaning boshqa tadbirlari – beqiyos ahamiyatga ega dunyo miqyosidagi hodisalardir. Biroq, respublika Hukumati va Yangi O‘zbekistonning haqiqiy vatanparvarlari bo‘lgan ishbilarmonlarning jiddiy e’tiborisiz ularni amalga oshirish mushkul bo‘lar edi. «O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida» loyihasi Eriell Group va Enter Engineering tomonidan qo‘llab-quvvatlagani yuksak e’tirofga loyiq. Ishonchim komilki, bunday sheriklar bilan biz juda zo‘r natijalarga erishamiz va yangi ufqlarni kashf qilishga muvaffaq bo‘lamiz.

Baxtiyor Fazilov, Eriell Group va Enter Engineering Boshqaruvi raisi:

— Kongress dunyo miqyosidagi madaniy tadbirlarning eng yirigi hisoblanadi. Biz Jamiyatga asos solingan yildan boshlab uning faoliyatini faxr bilan qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz. Olimlar, biznes vakillari, UNESCO singari yetakchi xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi xayrixohlik va bizning dunyoga yuzlanish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz insoniyatning boyligi hisoblangan O‘zbekiston madaniy merosi bilan o‘rtoqlashishga intilishimizda mushtaraklik mavjud.

Aleksandr Vilgelm, «Mueller & Schindler Publishing House» (Avstriya) nashriyoti marketing va rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti:

— O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning bir qismi bo‘lish biz uchun ulkan sharaf. Butunjahon jamiyatining qadimiy va o‘rta asr qo‘lyozmalarning aniq nusxalarini izlash, o‘rganish va qayta yaratish bo‘yicha tadqiqot amaliyoti yuksak hurmatga sazovor hamda o‘z maqsadlari va ko‘lami bo‘yicha beqiyos. Madaniy meros bo‘yicha chop etilgan 50 ta jild, shuningdek, biz Butunjahon jamiyati bilan hamkorlikda va Eriell Group hamda Enter Engineering ko‘magida yaratish baxtiga muyassar bo‘layotgan faksimile nashrlari – bu nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki dunyo hamjamiyati uchun ham beqiyos ne’matdir.

Eriell Group Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring