Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eng baxtli paytim – umuman pulsiz qolib ketgan vaqtim!..» – O‘zbekistondagi nomdor 24 ta restoran muallifi bilan suhbat (video)

Restorator.

IT-tadbirkor.

Biznes maslahatchi.

Restoran biznesida 22 yillik tajribaga ega mutaxassis.  

O‘zbekistondagi nomdor 24 ta restoran muallifi.

12 yildan buyon IT sohasi imkoniyatlarini o‘z novatorlik loyihalariga qo‘llab kelmoqda.

Nol raqami – bir vaqtning o‘zida bo‘shliq va cheksizlikni yashiradi. Ya’ni, bo‘shliq cheksizlikka imkon! Cheksizlik o‘tmishi esa bu – bo‘shliq! Mantiq shundaki, har ikki holatda javob shu «0”ning o‘zida va o‘zingizda! Javobning to‘g‘riligi yoki haqiqatga yaqinligi esa savolni o‘zingizga va atrofga qanday berishingizga bog‘liq.

Moddiy boylik, moliyaviy barqarorlik «0»larning sanog‘i bilan o‘lchanmaydi. Balki bunda  «0» lar bilan qanday muomala qilishingiz muhimdir. Qahramonimiz – Sanjar Maqsudov ana shunday toifadan. U o‘zida ishbilarmon, tadbirkorlik sifatlarini shakllantirgan, tavakkalchilik ko‘chasida ko‘p bora pishgan, zamonaning teran fikrli, ilg‘or kishisi. Lekin o‘z mavqeini daromadiga baraka ergashtirgan cheksiz «0»lar bilan o‘lchamaydi. U bu borada boshqacha fikrda: «Eng baxtli bo‘lgan paytim – umuman pulsiz qolib ketgan vaqtim!.. Daromad ko‘rsatkichingiz oshgani sari, baxtli bo‘lish imkoniyatingiz pasayib borarkan. O‘n ming topsangiz, besh ming  topganingizdan ko‘ra kamroq baxtli bo‘larkansiz! Sababi, biz pul bilan o‘zimizga baxt sotib olishimiz mumkin, deb o‘ylaymiz. Bu xomxayol! Pulni orqasidan yuguraverasiz, yuguraverasiz... Borib, ko‘rasizki, bari sarob! Baxt yo‘q u yerda!

Bu dunyoda g‘oyadan ko‘ra pul ko‘proq! Ya’ni, puli bor odamlar g‘oyasi bor odamlardan bisyor! Demak, pul topish u qadar qiyin emas! Hali foyda keltirmasdanoq, g‘oya doim qimmat bo‘lib kelgan. Yaxshi g‘oyani amalga oshirish uchun esa doim mablag‘ topiladi!»

Eng zo‘r g‘oyalar muallifi bo‘lmoqchimisiz? Unda Sanjar Maqsudov bilan  suhbatni Xabar.uzning yutub sahifasida tomosha qiling.

Lobar Qobilova

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring