Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi ta’qib etilganlik uchun ham himoya orderi berilishi mumkin

Endi ta’qib etilganlik uchun ham himoya orderi berilishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan parlament ikki palatasi hamkorlikda «Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihaci ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunda «ta’qib etish» (stalking) tushunchasiga ta’rif berilib, ta’qib etilganlik uchun ham himoya orderi berilishi mumkinligi belgilanmoqda.

Ta’qib etish – jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, xususan uning ikki yoki undan ortiq ochiq qarshiligi yoxud ogohlantirishiga qaramay, uni qidirish, u bilan og‘zaki, aloqa vositalari orqali yoki boshqa usullarni qo‘llagan holda aloqaga kirishish, jabrlanuvchining ish, o‘qish va (yoki) yashash joyiga borish kabi harakatlarda ifodalanadigan, jabrlanuvchida yoki uning yaqin qarindoshlarida asosli qo‘rquv yoki ular hayotiga tahdid xavfini keltirib chiqaruvchi, bir martadan ko‘p qasddan sodir etiladigan harakat.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan 1 yil muddatgacha berilishi belgilanyapti.

Qayd etilishicha, amalda order ichki ishlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi. 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida esa ilgari himoya orderi berilgan xotin-qizlarning 12 nafari takroran zo‘ravonlikka uchragani aniqlangan.

Shu bilan birga, hujjat loyihasi bilan himoya orderi bilan belgilanadigan qo‘shimcha cheklovlar turlari (jabrlanuvchi yashaydigan turar-joy maydoni yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyi yoki boshqa joylarga yaqinlashishni muayyan vaqtga cheklash, muayyan joylarda bo‘lmaslik, narkologik kasallikdan davolanish) ham  kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring