Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi himoya orderi profilaktika inspektori tashabbusi bilan ham berilishi mumkin

Endi himoya orderi profilaktika inspektori tashabbusi bilan ham berilishi mumkin

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berishga doir Hukumatning 2020 yil 4 yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilyapti.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq hamda zo‘ravonlik holati aniqlanganda profilaktika inspektori himoya orderini tashabbus tartibida beradi.

Qayd etilishicha, bu ayollarga nisbatan oiladagi zo‘ravonlik holatlarining takrorlanishini oldini olish, jabrlanganlar himoyasining ta’minlanishiga yanada xizmat qiladi.

Shuningdek, taklif etilayotgan qaror loyihasining qabul qilinishi tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarilishiga, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangi qaror loyihasi yuzasidan Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Gruziya Respublikalarining qonunchilik tajribalari o‘rganib chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring