Dollarning rasmiy kursi ham oshdi
O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 24-sentyabridan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi o‘tgan haftadagi kursga nisbatan +13,67 so‘mga oshib, 9 424,54 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi esa bu safar tushdi (-38,11) va bir yevro 10 383,02 so‘m etib belgilandi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Avvalroq qator tijoriy banklarda dollar 9500 so‘mga yetgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter