Dollar tez orada keskin ko‘tarilishi mumkinligi aytildi
![Dollar tez orada keskin ko‘tarilishi mumkinligi aytildi](https://static.xabaruz.com/crop/8/8/920__95_885511867.jpg)
Kelgusi yilda 1 AQSh dollarining o‘rtacha yillik qiymati 11 000 so‘mdan oshadi.
Bu haqda Hisob palatasi 2022-yilgi davlat budjeti loyihasini o‘rganish yakunlari bo‘yicha o‘z prognozida e’lon qildi.
Valyuta kursidan tashqari, budjet daromadlariga ta’sir ko‘rsatadigan oltin, kumush, mis, eksport qilinadigan tabiiy gaz tannarxining o‘rtacha qiymatlari ham xulosada ko‘rsatilgan.
Avvalroq, ba’zi tijorat banklarida dollarni sotib olish 10 660 - 10 730 so‘mni, sotish kursi esa 10 750 - 10 770 so‘mgacha oshgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter