Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchi hokimi jazoga tortildi

Chiroqchi hokimi jazoga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupovning xatti-harakatlari bilan bog‘liq video tarqaldi. 

Jumladan,  videotasvirda aniq bo‘lishicha,  u fuqaroga tarsaki tushirgan. 

Ushbu masala viloyat hokimligi apparat yig‘ilishida keskin muhokama qilingan. Tuman hokimi F.Yusupov shu va ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa kamchiliklari uchun intizomiy jazoga tortilgan. 

Tuman hokimi har bir fuqaro bilan xushmuomala va hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishi uqtirildi va kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ygan taqdirda tegishli javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi, deyiladi Qashqadaryo viloyati hokimligi xabarida. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring