Qashqadaryo va Farg‘onada ham hokimlar tasdiqlandi
Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga hokimlar qaytadan tasdiqlandi. Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada 44-Toshloq okrugidan saylangan deputat Komilov Xolmatjon Odilovich xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga Bozorov Xayrullo Hayitboyevich nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi qaroriga muvofiq Bozorov Xayrullo Hayitboyevich Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Bugun Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada deputat Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga Murotjon Azimov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.
Nomzod deputatlarga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi qarori bilan Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodi Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter