Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda hindistonlik talaba vafot etdi. Holatni shahar prokuraturasi tekshiryapti

Buxoroda hindistonlik talaba vafot etdi. Holatni shahar prokuraturasi tekshiryapti

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi, 2003-yilda tug‘ilgan hindistonlik Navas Nasmel kecha, 28-fevral kuni vafot etdi.

Institut axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, talabalar turar joyidagi o‘z xonasida uning sog‘ligi yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.

Talaba Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi vafot etgan.

«RSTEIAM Buxoro filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki tashxisga ko‘ra, marhum ikki tomonlama o‘pkalarning total pnevmoniyasi natijasida yuzaga kelgan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan», – deyiladi rasmiy xabarda. 

Institut ma’muriyati Hindiston elchixonasi hamda talabaning yaqinlarini voqeadan xabardor qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring