Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun, 16 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent shahrining Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, «Novza» metro bekati yonidagi, o‘rta bosimli yer osti d-89mmli gaz quvurida va Chilonzor mavzesidagi «METRO MARKET» binosi yonidan o‘tgan, o‘rta bosimli yer osti d-57mmli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Holatni bartaraf qilish ishlari «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Chilonzortumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Quyidagi hududlarda vaqtinchalik gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

– «Chilonzor» MFYdagi jami 1 890 ta uy xo‘jaliklari hamda ko‘p qavatli uylardagi aholi xonadonlarida;

– «Charx komolon» MFYdagi 894 ta uy xo‘jaliklarida;

– «2- Charx komolon» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 240 ta aholi xonadonlarida;

– «3- Charx komolon» MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 460 ta aholi xonadonlarida;

– «Katta Chilonzor 1» MFYda (1-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 180 ta aholi xonadonlarida;

– «Katta Chilonzor 2» MFYda (2-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 284 ta aholi xonadonlarida;

- «Katta Chilonzor 3» MFYda (3-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 470 ta aholi xonadonlarida;

– «Novza» MFYda (4-24-mavzelar) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 880 ta aholi xonadonlarida;

– «Beshchinor» MFYda (5-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2 320 ta aholi xonadonlarida;

– «Dilobod», «Xalqlar do‘stligi» MFYlarida (6-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 3 220 ta aholi xonadonlarida;

– Chilonzor 5-mavzeda joylashgan 1-2-3-4-49-50 ko‘p qavatli uylardagi jami 504 ta aholi xonadonlarida.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanining «Pastki yuz» MFYdagi 367 ta uy xo‘jaliklarida ham tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring