Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Tojikistonda prezident inauguratsiyasi marosimi o‘tkazildi

Bugun Tojikistonda prezident inauguratsiyasi marosimi o‘tkazildi

Foto: «Kazinform»

Tojikistonning qayta saylangan prezidenti Emomali Rahmon rasman o‘z lavozimida ish boshladi — Dushanbeda bugun, 30-oktyabr kuni inauguratsiya marosimi o‘tkazildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Marosim Millat saroyida boshlanib, Markaziy saylov komissiyasi rahbari Baxtiyor Xudoyorzoda Emomali Rahmonga prezident guvohnomasini topshirdi, Konstitutsion sud raisi Abdulhafiz Ashurzoda oltin va kumushdan tayyorlangan, yoqut va zumrad toshlar bilan bezatilgan prezident belgisini Emomali Rahmonga taqdim etdi. Prezidentga, shuningdek, shaxsiy shtandart ham topshirilgan.

Marosimning Tojikiston hukumati qarorgohi — «Ko‘hi Somoniy»da davom etgan ikkinchi qismida Emomali Rahmon qo‘lini mamlakat konstitutsiyasiga qo‘ygan holda qasamyod qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 11-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon beshinchi marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Saylovchilarning 85,39 foizi qatnashgan saylovda u 90,92 foiz ovoz to‘plagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring