Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun shamol kuchayib, chang-to‘zonli havo kuzatilishi mumkin

Bugun shamol kuchayib, chang-to‘zonli havo kuzatilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 33-35° gacha isiydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring