Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir Samarqandga tashrif buyurdi

Bosh vazir Samarqandga tashrif buyurdi

Foto: «Gazeta.uz»

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Samarqandga tashrifi doirasida shaharning bir muddat avval qurilish ishlari olib borilgan tarixiy qismlarini borib o‘rgangan. Bu haqda «Gazeta.uz» Vazirlar Mahkamasidagi manbasiga tayanib, xabar berdi.

Hukumat rahbari shahardagi har qanday qurilish va obodonlashtirish ishlari xususan, YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro hujjatlarga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, bosh vazir yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklaribo‘yicha eng qattiq choralarni ko‘rish haqida ham topshiriq bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring