O‘zbekiston va Germaniya tomonlari migratsiya masalasida ham kelishuvga erishgan
Ayni kunlarda Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols ishtirokidagi muzokaralarda migratsiya masalasida ham kelishuvga erishilgan.
Bu haqda Olaf Shols o‘zining «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Germaniya kansleri, jumladan, migratsiya bo‘yicha imzolangan shartnoma bilan iste’dod egalarining mamlakatga kirib kelishiga imkon yaratilayotganini aytgan.
«Bugun Samarqand shahrida tuzilgan migratsiya kelishuvimiz tufayli biz iqtidorli ishchilarning mamlakatimizga kelishiga imkon yaratmoqdamiz. Shu bilan birga, bu boradagi jarayonlarni byurokratiyadan xoli qilishga doir masalalarni muhokama qilyapmiz», – deb yozadi Shols.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter