Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolgariya va Ruminiya 1-yanvardan Shengen zonasiga to‘liq qo‘shiladi

Bolgariya va Ruminiya 1-yanvardan Shengen zonasiga to‘liq qo‘shiladi

Foto: Mircare

Ruminiya va Bolgariya 2025-yilning 1-yanvaridan Shengen zonasining teng huquqli a’zolariga aylanadi. Bu mamlakatlarning to‘liq integratsiyalashuvi uchun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ichki ishlar vazirlari ovoz bergani haqida Euro Puls yozmoqda.

31-martda Ruminiya va Bolgariya Shengen zonasiga qisman qo‘shilgan, vizasiz tartib faqat aeroportlar va dengiz portlari orqali chegaralardan o‘tuvchilarga tatbiq etilib, quruqlikdagi chegaralarda nazorat saqlab qolingandi. 1-yanvardan ruminlar va bolgarlar uchun Yevropa darvozalari har tomonlama ochiladi.

Ma’lumot uchun: Shengen zonasi 1985-yilda paydo bo‘lgan. Ayni paytda Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari (Kipr va Irlandiyadan tashqari) Shengenga qo‘shilgan. Qolaversa, Islandiya, Norvegiya, Shveysariya va Lixtenshteyn ham ushbu zonaga qo‘shilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring