Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bolalar uyi tarbiyalanuvchisiga aliment undirildi

Bolalar uyi tarbiyalanuvchisiga aliment undirildi

Muhammadali 5 yoshda. U bolalar uyida tarbiya olyapti. Taqdir taqozosi bilan oila bag‘rida emas,  mehribonlik uyida ulg‘aymoqda.   

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Q.Sh.dan undiruvchi Toshkent shahar bolalar uyi hisobiga voyaga yetmagan T.M.ning moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga 17.08.2023 yil kuni kelib tushgan. Byuroning tuman bo‘limi tomonidan qarzdor ota bir necha marta ogohlantirilishlarga qaramay aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamay kelgan.

Davlat ijrochisi J.Jo‘raqulov tomonidan qarzdorga nisbatan olib borilgan ijro harakatlari jarayonida bolalar uyi hisobiga 36 mln 500 ming so‘m aliment pullari undirib berildi. 

Boshqa izohga hojat yo‘q. Muhammadali sog‘u-salomat ulg‘aysin, taqdir uning kelajagini chiroyli qilsin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring