Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi

Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2024-yilning 2-sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmanistonning Chorjo‘y shahrida tug‘ilgan. U o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishida salmoqli hissa qo‘shib, bir nechta o‘lmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ayniqsa uning «Sulton Jaloliddin», «Kim ekan», «Devona», «Galdimu», «Qo‘rqdim» kabi qo‘shiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib o‘rin egalladi.

«Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qo‘shiqlari va ijodi o‘zbek san’atining «oltin fondi»ga kiritilgan bo‘lib, yorqin xotirasi muxlislar qalbida mangu yashaydi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi», – deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring