Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ben Afflek 30 million dollarlik uyini sotuvga qo‘ydi

Ben Afflek 30 million dollarlik uyini sotuvga qo‘ydi

Foto: Theagencyre.com

Gollivud aktyori Ben Afflek serhasham uyini sotuvga qo‘ydi. Kinoteatr, spa-salon, vino saqlanuvchi yerto‘la va hokazo qulayliklarga ega uyini sotishdan aktyor 30 million dollar ishlashni chamalayapti.

Ben Afflek Los-Anjelesdagi boylar yashaydigan Pasifik-Paliseyds tumanidagi uyini 2018-yilda sotib olgandi.

Daily Mail yozishicha, uydagi yotoqxonalar soni 7 ta, vannaxonalar esa 9 ta, bundan tashqari, trenajyor zali, kinoteatr, SPA-salon va iqlim nazorati tizimiga ega vino saqlanuvchi yerto‘lasi bor. Uy joylashgan hududda ochiq basseyn, yozgi oshxona va kichikroq ekinzor ham bor.

Ben Afflek.
Foto: Getty Images

Jurnalistlarning kuzatuvlariga ko‘ra, aktyor taniqli xonanda va aktrisa Jennifer Lopes bilan to‘yidan bir oy o‘tib uyini sotish taraddudiga tushib qoldi. Bu ularning Beverli Xilzdagi yangi uyga ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring