Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beeline Uzbekistan mamlakatning Markaziy hududiga 4G yetkazib bermoqda

Beeline Uzbekistan mamlakatning Markaziy hududiga 4G yetkazib bermoqda

Beeline Uzbekistan joriy yilning sentyabr oyida yakunlagan tarmoq modernizatsiyasining birinchi bosqichi doirasida 190 ta baza stansiyasini modernizatsiya qildi, buning natijasida O‘zbekistonning yana uchta hududida aloqa yaxshilandi.

Beeline Uzbekistan kompaniyasi tarmoqni modernizatsiya qilish va infratuzilmani yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli loyiha doirasida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida aloqa sifati va mobil internet tezligini oshirish bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirdi. Joriy yozda texnologik yangilanishlar amalga oshirilgan deyarli barcha baza stansiyalari LTE tarmog‘iga tegishli bo‘lib, raqamli operatorning millionlab mijozlari uchun yuqori tezlik va aloqa barqarorligini ta’minlaydi.

Modernizatsiya viloyatning ko‘plab yirik shahar va tumanlarida, jumladan, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Payshanba, Juma, Chelak, Payariq shaharlarida hamda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Oqdaryo, Nurobod, Urgut va Toyloq aholi punktlarida, shuningdek Jizzax viloyatining Jizzax, G‘allaorol, Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida 4G tarmog‘iga ulanishni imkoniyatini kengaytirdi. Sirdaryo viloyatida Guliston va Shirin shaharlari ham yanada barqaror va yuqori sig‘imli 4G tarmog‘i bilan qamrab olindi.

Bu yil Samarqandda Beeline Uzbekistan o‘z mijozlari uchun eng yirik Family Park savdo-ko‘ngilochar markazida «orol» formatidagi yangi qulay xizmat ko‘rsatish shoxobchasini ochdi. Endilikda shahar aholisi va sayyohlar uchun ommabop dam olish maskani hisoblangan savdo majmuasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 4G tarmog‘i joriy etildi. Bu digital-operator tomonidan innovatsion yechim – bino ichida keng polosali mobil aloqa bilan ta’minlovchi Lamp Site uskunasini o‘rnatish tufayli amalga oshirildi.

Samarqand viloyatida Beeline tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish jarayonida kompaniyaning texnik xizmati tomonidan turli nostandart yondashuvlar qo‘llanilgan. Shularda biri, «Samarqand» turistik markazi (Silk Road Samarkand) hududida 4G portativ Small Cell baza stansiyasining ishga tushirilishi bo‘ldi. Qurilma minora gumbaziga o‘rnatilib, «Boqiy shahar» etnografik bog‘ini sifatli xizmat ko‘rsatish bilan qamrab olish va ushbu majmuaning asl qiyofasini saqlab qolish maqsadiga erishildi.

Yirik shaharlardan tashqari LTE aloqa standarti Samarqand viloyati Jomboy tumani Sariqipchoq aholi punktida yangi baza stansiyasi foydalanishga topshirildi va buning natijasida hududda tarmoqqa ulanish imkoniyati sezilarli darajada yaxshilandi.

Bundan tashqari, beshta yangi baza stansiyasi ishga tushirilishi natijasida, 4G tarmog‘i Samarqand viloyati Nurobod tumanining olis hududida joylashgan tog‘li aholi punktlarigacha kengaytirildi.

Jizzax viloyatining Zomin tumanida, tabiat qo‘ynidagi «Zomin» dam olish maskani yo‘lida joylashgan Duoba tog‘li aholi punktida 4G qamrovi yaxshilandi. Bundan tashqari, 4G/LTE infratuzilmasi viloyatda Baxmal tumanidagi Chubor tog‘li hududlari va Forish tumanining Ilonli qishlog‘ida o‘rnatildi. Beeline’ning LTE tarmog‘i G‘allaorol tumanining olis hududlari Xitoyyuzi va Xo‘jakabud qishloqlarini, shuningdek, Tuzkon ko‘li qirg‘oq hududining bir qismini qamrab oldi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida temir yo‘llarni 4G tarmog‘i bilan qamrab olish sifatini oshirish maqsadida quyosh panellarida to‘liq avtonom elektr ta’minoti tizimiga ega yangi baza stansiyasi qurildi.

«Joriy yilda biz O‘zbekistonning markaziy hududlarida tarmoqni rivojlantirish borasida yana bir muhim qadam tashladik. Uzoq muddatli rivojlanish strategiyamiz doirasida biz doimiy ravishda aloqa sifatini oshirishga intilamiz, shuning uchun keng miqyosli modernizatsiya va yangi texnologiyalar hamda nostandart yechimlarni joriy etish orqali mamlakatimiz aholisi — Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi mijozlarni yuqori tezlikdagi internet va ishonchli aloqa bilan ta’minlash imkonini beradi», — deya sharhlaydi Markaziy hududiy filial direktori Dilmurod Norboyev.

Avvalroq Beeline Uzbekistan Toshkentdagi tarmog‘ini kuchaytirayotgani xabar qilingan edi

Beeline Uzbekistan o‘z infratuzilmasini yaxshilash va O‘zbekistonning butun aholisiga sifatli aloqa xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring