Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arcfox: Kelajakni bugun yarata olgan elektromobillar

Arcfox: Kelajakni bugun yarata olgan elektromobillar

Hafta boshida Xitoyning Guanchjou shahrida xalqaro avtoko‘rgazma bo‘lib o‘tdi, unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning barcha yutuqlari jamlangan elektromobillar namoyish etildi. Masalan, yosh Arcfox kompaniyasi ekologik toza, avtonom boshqaruv va yuqori ko‘rsatkichlarga tayanib harakatlanadigan, premium elektr segmentda o‘z o‘rnini jadal egallab borayotgan mashinalarini taqdim etdi.

Arcfox haqida

Arcfox - yuqori sifatli elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xitoy brendi bo‘lib, 2016 yilda taqdim etilgan va innovatsion texnologiyalar, yuqori sifat standartlari hamda ekologik barqarorlik borasida ulkan yutuqlarga erishayotgan kompaniyadir.

Kompaniya asosiy e’tiborni kichik shahar modellaridan sport va hashamatli krossoverlargacha bo‘lgan elektromobillar ishlab chiqarishga qaratgan. Arcfox yirik texnologiya va avtomobil kompaniyalari bilan faol hamkorlik qiladi. Masalan, Huawei avtonom boshqaruv uchun dasturiy ta’minot va texnik vositalarni taqdim etadi, Magna International esa premium avtomobil platformalarini ishlab chiqarish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Arcfox oilaviy avtomobil modellari



Alpha T5 Ultra

Ushbu yo‘ltanlamasni αT5ning takomillashtirilgan versiyasi deb hisoblash mumkin.

Yo‘ltanlamas Magna tomonidan yaratilgan kuzov bilan bemalol faxrlana oladi. Korpus 81% baquvvat materiallardan va 30% quyma po‘latdan yasalgan.

Alpha T5 Ultra - ultra tez zaryadlash texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, akkumulyatorni atigi 8 daqiqada 30% dan 80% gacha zaryadlashi mumkin.

Elektromobil ixcham o‘lchamiga qaramay salon hajmi jihatidan S sinfidagi avtomobillarga xosdir (masalan, sedan yoki kichik krossoverlarga mos keladi).

Elektrmobilning ichki makon samaradorligi 69 foizni tashkil etadi, bu esa odatdagidek o‘lchamdagi avtomobildan kutiladigandan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi. Alpha T5 Ultra bir qator saqlash bo‘limlariga ega bo‘lib, ko‘plab ehtiyoj va zaruriyatlar muhim bo‘lgan oilaviy sayohat uchun juda qulaydir.

Avtomobilning old o‘rindiqlari isitish va ventilyasiya texnologiyalari bilan jihozlangan. O‘rindiqlarni isitishda ichki elementlardan foydalaniladi, ular issiqlikni saqlaydi va kuchli izg‘irinda ham sayohatingizni qulaylashtiradi. Yozning jaziramasida esa sovutish tizimi havoni samarali aylantirib, salondagi salqinlikni ushlab turadi. Ushbu innovatsion xususiyatlar ob-havo sharoitidan qat’iy nazar, har qanday sayohatdan ulkan zavq olish imkonini beradi.



Kaola S

Yosh sarguzashtchilar va texnologiya ixlosmandlari uchun ushbu yo‘ltanlamas haqiqiy kashfiyotdir! Tasavvur qiling-a, bir quvvatlanishda 500 km masofani bosib o‘tishga bo‘lgan ishonch bilan sayohat qilish qanchalar zavqli.

CATL batareyalari masofadan tashvishlanishni o‘tmishda qoldirdi. Elektromobil shuningdek 26 daqiqada akkumulyatorini 30% dan 80% gacha zaryadlay oladi.

Kaola S V-segmentining maydonini taklif qiladi, lekin A-segmenti narxida hashamatli minivenning qulayligini ta’minlaydi. Oilangiz yoki yukingiz uchun ko‘proq joy kerakmi? U holda 1360 litrli yukxonani ochish uchun orqa o‘rindiqlarni bukish kifoya.

Kaola S o‘z toifasida birinchi elektron eshik funksiyasiga ega elektromobildir. Endi sumkalar bilan noqulay surilish va turtinishga hojati yo‘q - shunchaki tugmani bosing va qulay holatda yo‘lga otlaning.

Shuningdek, elektromobil ichidagi havoning tozaligini ham alohida ta’kidlash kerak. Kaola Sda deyarli aldegidlar va benzollar mavjud emas, bu eng nozik yo‘lovchilar - bolalar va allergiya bilan kasallanganlar uchun xavfsizlikni ta’minlaydi.

Agar siz o‘zingizning birinchi elektr yo‘ltanlamasingizni qidirayotgan yosh haydovchi bo‘lsangiz, Kaola S mukammal tanlovdir! Zamonaviy, ajoyib assortiment, keng ichki makon va toza havo - barchasi bitta elektromobilda.



Alpha S5 coupe

Bu beqiyos estetika va ajoyib harakatni osonlik bilan birlashtirgan mashina.

Rekord qarshilik koeffitsenti atigi 0,19 bo‘lgan elektromobil eng yuqori aerodinamik talablarga javob beradi.

AS5ning asosiy xususiyatlaridan biri – ilg‘or 800V yuqori kuchlanishli tez zaryadlash texnologiyasi bo‘lib, atigi 10 daqiqa quvvatlanishda 280 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi.

Ushbu elektromobil bilan qancha masofa bosib o‘ta olishingiz haqida qayg‘uryapsizmi? Xavotir olmang, aS5 bir quvvatlanishda 708 km masofani bosib o‘ta oladi, barcha g‘ildiraklar tortgan taqdirda esa quvvat 650 km ga yetadi. Bu har qanday elektromobil uchun ajoyib natijadir! Premium CATL akkumulyatorlari bilan jihozlangan elektromobil yuqori unumdorlik va xavfsizlikni kafolatlaydi.

Keng ichki makon aS5 uchun yana bir afzallik hisoblanadi. G‘ildirak bazasi 2900 mm va yo‘lovchi uchun kenglikdan foydalanish darajasi 67% bo‘lgan elektromobil uch nafar bo‘ydor yo‘lovchini ham bemalol sig‘dira oladi.

Ehtiyojlaringizga mos keladigan elektromobil izlayotgan bo‘lsangiz, aS5 aynan siz uchundir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring