Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Barcha xaridlar yanada shaffof tizimga o‘tkaziladi

Barcha xaridlar yanada shaffof tizimga o‘tkaziladi

Keyingi yillarda yurtimizda davlat xaridlarini shaffof amalga oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari yangilandi. Albatta, ushbu tizimni rivojlantirish, barcha xaridlarni qonuniy va halol o‘tkazish maqsadida, sohada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash yaxshi samara bermoqda.

Buni inobatga olgan holda «Mikrokreditbank» ATB tijorat banklari ichida birinchi bo‘lib, bankka zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar bo‘yicha xaridlar rejasini raqamlashtirishni yo‘lga qo‘ydi. 

Natijada bankning iABS dasturida yangi modul yaratilib, test rejimida amaliyotda qo‘llanilmoqda. Bunda bankning yillik xarid rejasini Bosh ofis va hududlar kesimida elektron shakllantirish, xaridlarni amalga oshirishni markazlashgan holda tashkillashtirish va bu bilan xarajatlar tejamkorligini oshirish ta’minlanadi. Eng asosiysi, tovar va xizmatlarni xarid qilish shaffof bo‘lib, manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinadi. 

Shuningdek, loyiha doirasida maxsus portallar — exarid.uzex.uz, XT-xarid.uz, cooperation.uz hamda etender.uzex.uz portallari bilan integratsiya qilish orqali ushbu platformalardagi bankning xarid jarayonlari iABS dasturida real vaqt rejimida ko‘rinib turadi.

Mahsulot yetkazuvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchilarga ochiq va shaffof tarzda o‘z xizmatlarini taklif qilish imkoniyati yaratiladi. Bunda bank binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha davlat xaridlarini «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi orqali inson omilisiz o‘tkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarning (ishlar va xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori orqali ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yiladi.

Asosiysi, bu jarayonlarda inson omili ishtirok etmaydi. Natijada esa manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya, tanish-bilishchilik degan illatlarga o‘rin qolmaydi. Bu kabi raqamlashtirish ishlari kelgusida bank omborxonalarida ham amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring