Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aziz Voitov qamoqqa olingani aytilmoqda

Aziz Voitov qamoqqa olingani aytilmoqda

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qo‘lga olingan. «Kun.uz» nashrining yozishicha, u iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinmoqda.

Aziz Voitov 1980-yilda tug‘ilgan. U 2001-yili Toshkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida «Biznes boshqaruvi» bo‘yicha tahsil olgan.

Aziz Voitov muqaddam «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 2020-yil martidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining (o‘sha vaqtda Sardor Umrzoqov) birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagandi.

U 2022-yil avgustida qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tayinlangan, 2023-yil yozida Sardor Umrzoqov prezident administratsiyasi rahbarligidan ketishi ortidan 2023-yil oktyabr oyida vazirlik rahbarligidan olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring