Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi 2024 yil natijalarini sarhisob qildi

Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi 2024 yil natijalarini sarhisob qildi

Bugungi kunda Markirovkalanadigan mahsulotlar reyestrida 110 897 nomdagi markirovka qilingan mahsulotlar mavjud. Maishiy texnika (67 550 nomdagi), dori vositalari va tibbiy buyumlar (12 022), alkogol (13 031) reyestrda yetakchi o‘rinlarni egallaydi.

Markirovkalangan mahsulotlar soni bo‘yicha Toshkent shahri (88 977 ta), Toshkent (8 780 ta) va Samarqand (3 929 ta) viloyatlari yetakchi bo‘ldi.

Dori vositalarini majburiy markirovkalash boshlanganiga ikki yil bo‘ldi. «Dori vositalari va tibbiy buyumlar» guruhida mahsulot aylanmasi ishtirokchilari soni 2023 yilga nisbatan 35 foizga oshgan. Markirovkalangan dori vositalari savdosi 19,5 barobarga oshdi.

Bugungi kunga qadar «Asl Belgisi» mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish tizimiga 69 ta mahalliy dori ishlab chiqaruvchilari va 395 ta ulgurji sotuvchilar qo‘shilgan. Dori vositalari va tibbiy buyumlar segmentida eng ko‘p markirovka qilingan tovarlar infuziya va vena ichiga yuborish uchun eritmalar, og‘iz orqali qabul qilinadigan preparatlar orasida esa analgetiklar va yallig‘lanishga qarshi vositalarni tashkil etdi.

Tamaki mahsulotlari bozori ishtirokchilari soni 15 foizga oshdi. 2023 yilga nisbatan 2024 yilda tamaki sanoatida markirovkalash tizimida 51 foiz ko‘p mahsulot nomlari ro‘yxatga olingan. Markirovkalangan tamaki mahsulotlari savdosi 2023 yilga nisbatan 2 barobarga oshdi.

«Maishiy texnika» guruhida ishtirokchilar soni 165 foizga oshdi. Ishtirokchilar sonining o‘sishi bilan ro‘yxatdan o‘tgan mahsulot nomlari soni ham 122 foizga oshdi. Markirovkalangan maishiy texnikalar 2023 yilga nisbatan 11 barobar ko‘p sotildi. Markirovkalar soni bo‘yicha mahalliy (53,6%) va import (45,5%) texnika yetakchilik qildi. Eng ko‘p markirovkalangan mahsulotlar uchligiga lampalar va yoritish qurilmalari, televizorlar va monitorlar, sovutgichlar va muzlatgichlar kiradi.

«Shishali suv va salqin ichimliklar» segmentida ishtirokchilar soni 2023 yilga nisbatan 58 foizga oshgan. Markirovkalangan suv va ichimliklar savdosi 1 739,7 barobarga oshdi. Eng ko‘p markirovkalangan mahsulotlar alkogolsiz ichimliklar (40,1%) bilan ifodalanadi. Ikkinchi o‘rinni tabiiy ichimlik suvi egallaydi (23,2%). Uchinchi o‘rinni energetik ichimliklar egalladi (8,6%).

«Alkogol mahsulotlari» guruhida ishtirokchilar soni 2024 yilda 18 foizga oshdi. Markirovkalangan alkogolli mahsulotlar 2023 yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘p sotildi. Eng ko‘p markirovka qilingan mahsulotlar uchligiga o‘tkir alkogol, vino va konyaklar kirdi.

Pivo sanoatida 2024 yilda ishtirokchilar soni 16% ga oshdi. Markirovkalangan pivo savdosi 2023 yilga nisbatan 1,3 barobarga oshgan.

«Asl Belgisi» tizimi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, raqamli markirovka yangi toifadagi mahsulotlarni qamrab olib, bozorda o‘z ishtirokini kengaytirmoqda. Bu nafaqat mahsulot ayirboshlashning shaffofligini oshirish va logistika jarayonlarini tezlashtirishga, balki iste’molchilarni kontrafakt mahsulotlardan himoya qilishga ham xizmat qiladi. Raqamli markirovka orqali fuqarolarda real vaqt rejimida mahsulotning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi «Asl Belgisi» mobil ilovasi (Android / iOS) yordamida xarid qilinayotgan mahsulotlarning qonuniyligiga ishonch hosil qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, raqamli markirovkaning joriy etilishi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, noqonuniy aylanma ulushini kamaytiradi va biznesning shaffofligini oshirishga yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring