Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani ma’lum bo‘ldi

Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani ma’lum bo‘ldi

Illyustrativ foto

Suriya Markaziy bankida hozirgi bozor qiymati taxminan 2,2 mlrd dollarga teng 26 tonna oltin saqlanmoqda. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Agentlik aniqlik kiritishicha, Suriya MB valyuta zaxiralari naqd pulda 200 mln dollarni tashkil etmoqda. Sobiq va amaldagi suriyalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, dollar zaxiralari deyarli tugab bitgan. Bank ombori portlashlardan himoyalangan, uni ochish uchun kodlar ketma-ketligi va uchta kalit kerak, ular har xil odamlarning qo‘lida, dedi manbalardan biri. Damashq muxolifatchilar qo‘liga o‘tganidan so‘ng, bir necha kun o‘tib, Suriya yangi ma’muriyatining vakillari kelib, bankni ko‘zdan kechirishgan.

Avvalroq Financial Times gazetasi ag‘darilgan prezident Bashar Asad hali hukumat tepasida bo‘lgan 2018-2019-yillarda Suriya MB Moskvaga millionlab dollar naqd pul ortilgan bir nechta samolyotni jo‘natgani haqida yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oxirlarida mahalliy muxolifatning qurolli guruhlari faollashishi oqibatida Suriyada siyosiy vaziyat tanglashgandi. Muxolifat 8-dekabrga o‘tar kechasi poytaxt Damashqni egallagach, Bashar Asad boshqaruv davri tugagani e’lon qilingan.

Ayni paytda Bashar Asad va uning oilasi Moskvada panoh topgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring