Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShlik kosmonavt fazoda eng ko‘p bo‘lgan ayol sifatida tarixga kirdi

AQShlik kosmonavt fazoda eng ko‘p bo‘lgan ayol sifatida tarixga kirdi

Astronavt Kristina Koch fazoda eng ko‘p bo‘lgan ayol sifatida tarixga kirdi. U 328 kun kosmosda bo‘ldi. Bu haqda «CNN» nashri xabar berdi.

«NASA» vakilasi payshanba kuni ertalab Yerga, Yevropa kosmik agentligi astronavti Luka Parmitano va rossiyalik kosmonavt Aleksandr Skvortsov bilan birga qaytib keldi.

Astronavtlar «Soyuz» kosmik kemasida mahalliy vaqt bilan soat 4:12 da Qozog‘istonning Jezkazgan shahri yaqiniga qo‘ndi.

Ma’lumot o‘rnida, Kristina Koch Xalqaro fazoviy stansiyada muhim loyihalarda uzoq missiya bilan qatnashgan ilk ayol kosmonavtdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring